O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Guliston shahrida 18 nafar ayollar o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi

2021-08-16 | Jamiyat

Ma'lumki, so‘nggi yillarda jamiyatda ayollar rolini oshirish, ularga moddiy va ma'naviy ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta'minlash yo‘lida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xotin-qizlarni ma'naviy boyliklarini oshirishga, o‘zini o‘zi band qilishga, ayollarnining g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoda.

Shu o‘rinda, Guliston shahrida "Ayollar daftari"ga kiritilgan ishsiz ayollarga berilayotgan imkoniyatlar buning misolidir. 
 
Xususan, Guliston shahar hokimligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash shahar bo‘limi tomonidan 18 nafar xotin-qizlarga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun tikuv mashinalari topshirildi. Qayd etish joizki, Ijtimoy ko‘makka muhtoj fuqarolarga yaratib berilayotgan bunday sharoitlar o‘z samarasini albatta ko‘rsatadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться