O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiylar tashabbusi bilan “Men o‘ttizta kitob o‘qiyman” aksiyasi o‘tkazildi

2021-08-12 | Yoshlar

“Adiblar xiyoboni”da bir guruh harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan “Men o‘ttizta kitob o‘qiyman” aksiyasi tashkil etildi.

Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, maktab o‘quvchilari hamda kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining harbiy vatanparvarlik bo‘limi bosh mutaxassisi shoir Anvar Botir  tadbirda so‘zga chiqar ekan,  aksiyasi ishtirokchilariga yoshlarni qanday qilib kitob o‘qishga qiziqtirish, qanday kitoblarni tanlash, kitobning o‘g‘il bolalar xarakterining shakllanishidagi ahamiyati, mardlik, jasoratga undovchi asarlar haqida kerakli maslahatlar berib o‘tdi.
 
Shuningdek, aksiya doirasida harbiy xizmatchilar o‘zlari sevib o‘qigan turli badiiy va ilmiy kitoblar to‘plamini kitobsevarlarga sovg‘a qildi. 
 
— Mazkur tadbirning boshqalaridan e'tiborli jihati shundaki, bu yerda kitoblar haqida so‘z borganidir, – deydi tadbir itirokchisi Kapitan Farrux Ro‘ziev. —Bolaligimdan har kech otamning kitob o‘qib o‘tirishlariga ko‘zlarim o‘rganib qolgan.
 
Ularga taqlid qilib ko‘rganman. Kitob o‘qishdan zerikib, uyqum kelgan. “Nega sizning uyqungiz kelmaydi”, deb so‘raganimda, otam shunday javob berganlar: “Qiziqib o‘qiganingda uyquni unutasan, kitob bilan qolasan, kitobni tanlab o‘qish kerak”. Va o‘zlari O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” kitobini tavsiya qildilar. Kitobni o‘qib tamom qilgunimga qadar uning qahramonlari tashvishi bilan yashadim, desam bo‘laveradi. Bu men birinchi marta o‘qigan, taassurotlari hech xayolimdan ketmaydigan qimmatli asar. “Ikki eshik orasi”ni kitobsevar o‘smirga sovg‘a qilganimdan xursandman.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться