O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Test sinovlarini I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining professor-o‘qituvchilari o‘tkazdi

2017-10-06 | Ta’lim

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida chuqurlashtirilgan rus tilini o‘rganish kurslarida tahsil olayotgan 810 nafar o‘quvchi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining “Hududiy tayyorlov kursi”ga qabul qilinishi uchun test sinovlaridan o‘tkazildi.

Test sinovlarini I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining professor-o‘qituvchilari o‘tkazdi.

Prezidentimizning joriy yil 12 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro kelishuv memorandumi asosida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshida rus tilini chuqurlashtirib o‘qitishga mo‘ljallangan tayyorlov kurslari tashkil etilgan edi.

Rus tilini o‘rganish bo‘yicha uch oylik tayyorlov kursi uchun tajribali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan 120 soatlik o‘quv dasturi tasdiqlandi. O‘quv kurslariga oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan jami 38 nafar tajribali o‘qituvchi jalb etildi. Rus tili tayyorlov kursida o‘qish istagini bildirgan 2 mingdan ziyod o‘quvchidan saralab olingan iste’dodli 810 o‘quvchi to‘g‘risida elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, uch oy davomida darslardan tashqari rus tilidan chuqurlashtirilgan ta’lim berildi.

– O‘qish davomida chuqurlashtirilgan darslar bilan birga, tajribali mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etildi, – deydi Qarshi axborot texnologiyalari kolleji o‘quvchisi Saidolim Mirzayev. – Uch oylik o‘qish davomida rus tilida bemalol suhbatlashadigan bo‘ldim. Bugun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bilimimni sinovdan o‘tkazdim. Kelajakda neft-gaz sohasini puxta o‘rganib, mamlakatimiz sanoati yanada taraqqiy etishi yo‘lida xizmat qilaman.

Testlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining “Hududiy tayyorlov kursi”ga qabul qilindi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA

Поделиться