O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Abituriyentlardan hujjat qabul qilishda AKT imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda

2017-06-28 | Ta’lim

I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida navbatdagi o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda. 

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini izchil rivojlantirishda xalqaro hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlar samarasida Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Janubiy Koreyaning Inha universiteti singari nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari filiallari yurtimizda faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Mamlakatimiz yoshlarining I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortayotgani ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik berayotgan samaralardan biridir. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-maydagi 2017/2018 o‘quv yili uchun I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ta’lim muassasasiga 235 kishi o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. 

Qabul komissiyasining samarali ishlashi, abituriyentlardan hujjatlarni tez va sifatli qabul qilish, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berish uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda o‘rnatilgan LED-ekranlarda har bir yo‘nalish uchun ajratilgan kvotalar bilan tanishish, taqdim etilgan arizalar sonini monitoring qilish, universitet tarixi va bugungi kunidan hikoya qiluvchi roliklarni tomosha qilish mumkin. 

Komissiya tarkibiga tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar jalb etilib, abituriyentlar va ota-onalarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari keng tatbiq etilgani hujjat qabul qilish jarayonining samaradorligi hamda ochiqligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. 

– Joriy yildan boshlab hujjatlar «1S:Universitet» avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinmoqda, – deydi filial qabul komissiyasi a’zosi Feruza Alimbekova. – Bunda abituriyent haqidagi biometrik ma’lumotlar tizimga kiritiladi va imtihonlar topshirish jarayonida ulardan foydalaniladi. Ya’ni abituriyent imtihon bo‘ladigan joyga kirishi uchun uning barmoq izlari skanerdan o‘tkaziladi. 

Filialning internetdagi elektron manzilida (www.gubkin.uz) har bir yo‘nalish, har bir kun bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar soni bilan tanishib borish imkoniyati yaratilgani, ma’lumotlar har kuni yangilanayotgani abituriyentlar tomonidan yana bir qulaylik sifatida baholanmoqda.

 

Behzod Bozorov, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Поделиться