O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IUT hamda Koreyadagi Inha universiteti hamkorlikni kengaytirmoqda

2017-07-18 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti hamkorlikni kengaytirish, jumladan, professorlarni tayyorlash va IUTning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

Mazkur kelishuvlarga Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) Rektori Sarvar Babaxodjayevning Koreya Respublikasidagi Inha universiteti top-menedjmenti bilan olib borilgan muzokaralar natijasida erishildi.

IUT Rektori Sarvar Babaxodjayev joriy yilning iyul oyi boshida Incheon shahriga tashrif buyurdi hamda Koreya Respublikasidagi Inha universitetining prezidenti Sunya Choy (Soonja Choe) xonim, vitse-prezidenti Inkyo Cheong (Inkyo Cheong), hamda dekani Yong Mi An (Young-Mee Ahn) lar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahridagi Inha universitetining bundan keyingi rivojlanish hamda ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Jumladan, muzokaralar davomida tomonlar 2018-2019 akademik o‘quv yilidan boshlab yangi yo‘nalishlarni ochish masalasini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Ikki oliy o‘quv yurtining rahbariyati 2018-2019 o‘quv yili uchun IUT uchun yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish masalasini ko‘rib chiqishdi.

Shuningdek, asosiy e’tibor mahalliy professorlarni tayyorlash masalasiga qaratildi. Tomonlar kelishuviga binoan, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 2018-2019 akademik yilidan boshlab, mahalliy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha loyiha doirasida, o‘zbekistonlik ikki vakilga doktorlik dasturi (PhD) bo‘yicha ta’lim olish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yili IUT mahalliy kadrlarni tayyorlash dasturini yo‘lga qo‘ygan edi. Dastur doirasida professor yordamchisi Husanbek G‘ofurov Koreya Respublikasidagi nufuzli Songyungvan universiteti (Sungkyunkwan University) da tahsil olmoqda.

Ikki oliy o‘quv yurtining vakillari adabiyotlar sonini oshirish hamda Koreya Respublikasidagi Inha universitetining onlayn axborot resurslaridan foydalana olish imkoniyati, shuningdek, AKT va fizika laboratoriyalarida foydalanish uchun Arduino uskunalarini xarid qilish orqali IUT ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

Поделиться