O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax oliy harbiy bilim yurtida aviatsiya mutaxassislari parvozga yo‘llanma oldi

2017-06-28 | Ta’lim

Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarga diplom va ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda bilim yurtida yigirmanchi marotaba uchuvchilar va aviatsiya muhandislari parvozga yo‘llanma oldi. Shu sana munosabati bilan bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishonini topshirish marosimi har yilgidan-da tantanali o‘tdi. 

Mamlakatimiz Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, bitiruvchilarning ota-onalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan Vatanimiz mustaqilligining dastlabki yillarida tashkil etilgan ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasining Qurolli Kuchlarimiz saflariga yetuk harbiy mutaxassislar yetkazib berishda muhim hissa qo‘shib kelayotgani ta’kidlandi. 

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Sh.Yo‘ldoshev, senator, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi I.Mirzaaliyev, bilim yurti boshlig‘i, polkovnik B.Saidov va boshqalar mamlakatimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Yosh aviatsiya mutaxassislariga Vatanimizni qo‘riqlashdek sharafli xizmatda muvaffaqiyat tiladi. 

– Ikki o‘g‘lim ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirib, ayni paytda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilmoqda, – deydi leytenant Sherali Toshmatovning onasi Mahbuba Jo‘rayeva. – Bugun akalari safiga uchinchi o‘g‘lim ham qo‘shildi. Farzandlarim Vatanimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilayotganidan faxrlanaman. Osmonimiz doimo musaffo, parvozingiz bexatar bo‘lsin, o‘g‘lonlarim. 

Tadbirda bilim yurti harbiy xizmatchilarining chiqishlari va san’atkorlarning konsert dasturi namoyish etildi.

 

Toshqul Beknazarov, O‘zA

Поделиться