O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

2017-07-04 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlari bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.Ikromov, ichki ishlar vaziri A.Azizov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yo‘ldoshev, Oliy sud raisi o‘rinbosari B.Dehkonov, Sudyalar assosiatsiyasi raisi o‘rinbosari U.Mingboyev va boshqalar bitiruvchilarni samimiy tabriklab, diplomlarni topshirdi. 

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, oliy yuridik ta’limni modernizatsiyalash, mazkur sohaga xalqaro ta’lim standartlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Prezidentimizning 2017-yil 28-apreldagi «Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. 

Bu vazifalar ijrosini ta’minlashda sud va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi va boshqa bir qator tashkilotlarning universitet faoliyatini takomillashtirishdagi hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. 

Universitetda zamonaviy o‘quv va moddiy-texnik baza yaratilgan. O‘quv, ilmiy-uslubiy bo‘linmalar, kafedralar o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlangan. O‘qitish zamonaviy uslub va texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv yilida ushbu oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichini 374 nafar hamda magistratura bosqichini 109 nafar yigit-qiz tamomladi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.Murodov qatnashdi.

 

Nurillo Nasriyev, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA

Поделиться