O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘rtinchi kunida o‘tish ballari ancha past bo‘ldi

2018-08-06 | Ta’lim

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Feysbukdagi sahifasida 4 avgust kungi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 175,8 ball, Farg‘ona politexnika institutining “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 147,6 ball bo‘lib, bu ko‘rsatkich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.

O‘rtacha o‘tish bali - davlat granti – 97,9 ball, to‘lov-kontrakt – 80,5 ballni tashkil etdi.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining saytida 2018 yil 5 avgust kuni soat 19.15da e’lon qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 80 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 56 966 nafar abituriyent ishtirok etgan, 1 369 nafar abituriyent kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Поделиться