O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Magistraturada yangicha tartibda ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi

2018-08-13 | Ta’lim

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror loyihasida magistr mutaxassislar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator yangiliklar kiritilgan.

Jumladan, endilikda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi asosida oliy ta’lim muassasalarida ikki yo‘nalishda: ishlab chiqarish (kamida bir yil) hamda ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarda magistrlarni tayyorlash nazarda tutilmoqda.

Ushbu qaror loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalari kadrlar buyurtmachilari tomonidan berilgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasasi takliflari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlash taklifi kiritilgan.

Hujjatda ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida ilmiy-pedagogik yo‘nalishda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash faqat davlat granti asosida amalga oshirilishi, ilmiy-pedagogik yo‘nalishda maqsadli tayyorlangan mutaxassislar magistraturani bitirgandan so‘ng ish beruvchi tashkilotda kamida 5 yil (tayanch doktoranturada o‘qish vaqtidan tashqari) ishlab berishi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hujjatda quyidagi yangiliklar ham ko‘zda tutilgan:

- magistraturada bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati amaldagi normativlarning 50 foizi miqdorida belgilash;

- o‘quv yili yakunlariga ko‘ra magistratura o‘quv rejasida belgilangan fanlardan, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlardan yetarli reyting balini to‘plamagan talabalarni kursida qoldirilish;

- davlat granti asosida qabul qilingan talabalarga o‘z hisobidan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini berish;

- xorijiy mamlakatlarda 6 oygacha bo‘lgan muddat (bir semestr) stajirovkada bo‘lgan magistratura talabalariga o‘quv rejasida belgilangan fanlarni shaxsiy reja asosida erkin o‘zlashtirish imkoniyati berish;

- magistraturani imtiyozli tamomlagan talabalar Oliy ta’lim muassasasining Kengashi qarori asosida tayanch doktoranturaga sinovlarsiz qabul qilish;

- magistratura talabalarining Impakt-faktor ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda maqola chop etish xarajatlarini oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplashga ruxsat berish va boshqalar.

Поделиться