O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro kimyo olimpiadasida g‘alaba qozonishdi
2018-08-01 | Ta’lim
Shu yilning 19-29 iyul kunlari o‘tkazilgan 50-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad — IChO) o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng muhim nufuzli xalqaro tadbir hisoblanib, unda har yili dunyoning 80ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etadi.
Joriy yilda o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada O‘zbekistondan 4 nafar o‘quvchilar qatnashdi va ulardan ikki nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari Jaloliddin Aloviddinov va Dildora Hakimboyevalar bronza medalni qo‘lga kiritishdi.