O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining soni ortmoqda
2018-08-02 | Jamiyat
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining bir necha qarorlari loyihalari ishlab chiqildi.
Loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 12 dekabrdagi PF–5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 – 2020 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga asosan 2018 yil 1 sentyabrga qadar joriy etilishi belgilangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash nazarda tutilgan.
Ma’muriy reglamentlar loyihalari 2018 yil 1 iyundan tajriba tariqasida joriy etilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan holda ishlab chiqilgan va davlat xizmati ko‘rsatilishini yanada soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Loyihaning to‘liq matni bilan www.regulation.gov.uz qonun hujjatlari muhokamasi portali orqali tanishishingiz mumkin.