O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Inha universiteti ilk bitiruvchilarini mustaqil hayotga kuzatdi
2018-08-15 | Ta’lim
2018 yilning 14 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bitiruvchilarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston hukumati hamda Koreya Respublikasidan vakillar ishtirok etdilar.
2014 yilda faoliyatini boshlagan Toshkent shahridagi Inha universiteti bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari uchun mutaxassis tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi universitetlardan biri sanaladi.
Bitiruvchilarni kuzatish marosimida Koreya Respublikasining Inha universiteti Vitse-prezidenti Cheong InKyo boshchiligidagi delegatsiyasi ham qatnashdi.
“Kompyuter va dasturiy injiniring“ yo‘nalishida tahsil olgan 87 nafar talaba Toshkent shahridagi Inha universitetining ilk bitiruvchilari bo‘lishdi.