O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Singapur oʻqituvchilari kasaba uyushmasi bosh kotibi Mayk Tiruman bilan uchrashuv
2018-08-28 | Ta’lim
Joriy yilning 25 avgust kuni Xalq taʼlimi vazirligida vazir Sh.Shermatov va Singapur oʻqituvchilari kasaba uyushmasi kotibi hamda “Educare” xalqaro konsalting kompaniyasi raisi Mayk Tiruman oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida M.Tiruman xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi, shuningdek, M.Tiruman Singapurning taʼlim tizimi haqida soʻzlab, mamlakatining ushbu sohadagi islohotlar tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
Muhokama jarayonida, tomonlar sifatli taʼlim tizimini rivojlantirishda oʻqituvchilar rolining ahamiyati, kasbiy malakasini rivojlantirish zaruriyati va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtishdi. M.Tiruman Singapurda oʻqituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida soʻzlab berdi.
Shu kuni, Mayk Tiruman Ekspert-tahlil kengashi tashabbusi bilan Inha universtitetida Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari direktorlari va nodavlat taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida M.Tiruman “XXI asr taʼlimi. Singapur tajribasi” mavzusida taqdimot oʻtkazdi. Unda u Singapurda taʼlim sohasidagi islohotlar, Singapur maktablarining tajribasi va oʻqituvchilarning oʻquv jarayonidagi asosiy roli haqida soʻz yuritdi.