O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

15 nafar davlat idoralari xodimlari magistraturani Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishadi

2018-08-15 | Ta’lim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida imzolangan Grant kelishuviga muvofiq 15 nafar davlat idoralari xodimlari magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston hamda Yaponiya hukumati o‘rtasidagi “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish” loyihasining joriy yildagi sovrindorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish” (Japanese Grant Aid for Human Resource Development Scholarship – JDS) loyihasining O‘zbekistondagi vakili Kaino Aya hamda loyihaning joriy yilgi g‘oliblari qatnashdi.

Vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov mamlakatimizda zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.

JDS granti g‘oliblari Yaponiyada ta’lim olishda ko‘zlagan maqsadlari hamda u yerda olgan bilim va orttirgan tajribalarini kelajakda yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etishlari haqida aytib o‘tishdi.

Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari U.Begimqulov Grant sovrindorlarini qutlar ekan ularga davlatimiz va xalqimiz bildirgan ishonchni oqlash uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashlari hamda vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Ma’lumot uchun, shu yilning 10 avgust kuni Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Muneo Takasaka hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov tomonidan jami 262 mln. yapon iyenasi (2,3 mln dan ortiq AQSH dollari) miqdorida Grant kelishuvi imzolangan edi.

Поделиться