O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda I MDH o‘yinlari qahramonlari tantanali kutib olindi, ularga Prezident sovg‘alari topshirildi

2021-09-14 | Sport

Xabaringiz bor, shu yilning 4-11-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘tkazildi.

Hamdo‘stlikka a’zo 9ta respublikadan 1 500 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari munosib ishtirok etdi.

Vakillarimiz 23ta oltin, 32ta kumush, 36ta bronza, jami 91ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallashdi. Bizdan yaxshiroq natijani faqatgina musobaqa mezboni va dunyo sportining qudratli davlatlaridan biri bo‘lmish Rossiya qayd eta oldi xolos.

Ruslar musobaqa davomida jami 215ta (114ta oltin, 42ta kumush, 59ta bronza) medalga egalik qilishdi. Yon qo‘shnimiz Qozog‘iston terma jamoasi esa 18ta oltin, 35 ta kumush va 53 ta bronza medali bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi. 

Kecha I MDH o‘yinlarining qahramonlari – O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Bosh vazir o‘rinbosari Bekzod Musaev, Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda sport federatsiya va assotsiatsiyalarining mas’ullari, sportchilarning oila a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Aeroportning o‘zida I MDH o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini qutlash va taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqanlar ushbu musobaqada munosib ishtirok etgan yosh va umidli sportchilarimizni olqishlab, bu yoshlar kelgusida Parij-2024, Los Anjeles-2028, qolaversa Brisben-2032 Olimpiya o‘yinlarida vatanimiz sharafini munosib himoya etishiga ishonishlarini ta’kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlari bunday yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida yuqori ko‘tarishga astoydil harakat qilishlarini bildirdi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerak, I MDH o‘yinlari qahramonlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maxsus pul mukofotlari beriladigan bo‘ldi. Jumladan, oltin medal sohiblari 25 million, ularning ustozlari 12,5 million, kumush medal egalari 15 million va ularning trenerlari 7,5 million, bronza medali sovrindorlari esa 10 million, ularni tarbiyalagan murabbiylari 5 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik sportchilarimizni yanada ruhlantirib, ularni yangi g‘alabalar sari ruhlantiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться