O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Janubiy Koreya sport ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishida hamkorlik qiladi
2021-08-26 | Sport
Onlayn tarzda o‘tkazilgan tadbirda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimov hamda Koreya sport tadqiqotlar instituti direktori Hong Sun Song davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida e’tirof etishdi.
Shundan so‘ng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti hamda Koreya sport tadqiqotlar instituti o‘rtasida onlayn tarzda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur Memorandum doirasida tomonlar quyidagi vazifalarni hal yetish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar:
- Jismoniy tarbiya va sport sohasida innovatsion g‘oyalarni birgalikda targ‘ib qilish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
- Jismoniy madaniyat va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda tashkil yetish va bajarish;
- Koreya va O‘zbekistonda ommaviy sportni birgalikda rivojlantirish;
- Aholini ommaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha sog‘liqni saqlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Milliy sport jamoalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish;
- Jismoniy madaniyat va sport sohasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlarni tashkil yetish va hamkorlikda ishtirok yetish;
- Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jamoat tashkilotlari, sport federatsiyalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik;
- Jismoniy madaniyat va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarining ilmiy va sport jurnallarida birgalikda chop yetilishi.
Uchrashuvni amalga oshirishda O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi yaqindan yordam berdi va muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi