O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
4 nafar sambochimiz FIAS Prezidenti kubogida oltin medal uchun kurash olib borishdi
2021-08-24 | Sport
Xabar berib oʻtganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sambo boʻyicha FIAS (Xalqaro sambo federatsiyasi) prezidenti sovrini uchun musobaqa tashkil etildi. Unda jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamgʻarmasi 189 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi bahslarda oʻzbekistonlik sambochilar ham ishtirok etishdi va 4 ta kumush medal qoʻlga kiritishdi.
Terma jamoamiz vakillari ichida Homidjon Moʻminov (-64 kg), Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulugʻbek Rahmonov (-79 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) finalgacha yetib borib, yakunda kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Musobaqa reglamentiga binoan sportchilarimiz kumush medal bilan birga 7 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqishdi.
Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi