O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm va sport vazirligi faollariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi
2021-08-30 | Turizm
Turizm va sport vazirligida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, mukofotni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov topshirdi.
“Davlatimiz rahbarining 2021-yil 23-avgustdagi Farmoni bilan qator yurtdoshlarimiz «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlanmoqda. Ularning orasida turizm, sport, madaniyat, kinematografiya va ommaviy kommunikatsiyalar sohalarida faoliyat ko‘rsatib, soha rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan hamkasblarimizning ham borligi barchamizni cheksiz quvontiradi”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida va mukofot sohiblarini samimiy qutladi.
O‘zbekiston tarixidagi muhim sana – Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida barcha sohalarda faol xizmat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizning mamlakat rivojiga qo‘shayotgan hissasi yuksak eʼtirof etilmoqda. Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning tutgan o‘rni beqiyos ekanligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunday faol insonlarning elyurt oldidagi xizmatlarini eʼtirof etish va taqdirlash vatandoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turizmva sport vazirligi markaziy apparatidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
Barcha mukofot egalarini ushbu eʼtirof bilan tabriklaymiz hamda ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi