O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqani 91 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi
2021-09-13 | Sport
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk bor o‘tkazilgan MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hamyurtlarimiz musobaqada 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi. So‘nggi kunda bo‘lib o‘tgan bahslarda vakillarimiz karate, badiiy gimnastika, futzal sport turlarida shohsupaga ko‘tarilishdi. Unda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Oltin medal: Dildora Aliqulova (karate).
Kumush medal: Iroda Sadikova, Domenika Damirova, Aida Xaydarova, Mubina Kamolova (jamoaviy bahslarda, badiiy gimnastika), Nasibabonu Narbayeva (karate), Mohlaroyim Hakimjonova (karate).
Bronza medal: Anastasiya Saranseva (2 ta: tasma va xalqa bahslarida, badiiy gimnastika), Islomjon Sattorov (karate), Bonu Egamberdiyeva (karate), Sevinch Sodiqova va Diana Garamova (badminton, juftlik) futzal terma jamoasi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Turizm va sport vazirligi, unda ishtirok etgan federatsiya va assotsiatsiyalarimiz, sportchilarimiz va muxlislarimizni samimiy tabriklab qoladi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi