O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sambochilarimizning Minskdagi muvaffaqiyati

2021-09-08 | Sport

Belarus poytaxti Minsk shahrida mamlakat prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik uch nafar sambochi ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

E’tiborlisi, murosasiz bellashuvlarda o‘zbekistonlik Tohir Asrorov 71 kg vazn toifasida finalgacha bo‘lgan bellashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazib, kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Asqar Avganov 88 kg vaznda xalqaro turnirning bronza medaliga ega chiqdi.  

Belarusda o‘tkazilgan xalqaro turnirda sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlar– hamyurtlarimiz Rustam Odilov va Ulug‘bek Rahmonov Minsk gilamlaridagi bahslarni boshqarib borishdi.  

Manba: O'zA

Поделиться