O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga start beriladi

2021-08-24 | Sport

Yana bir necha soatdan soʻng Tokio shahrida XVI Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi. Ayni paytda terma jamoamiz mazkur tadbirga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda.

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. Bu yilgi Paralimpiya oʻyinlarida butun dunyodan tashrif buyurgan 163 ta delegatsiya ishtirok etmoqda. Qayd etish joiz, ular orasida Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 48 sportchi bilan 55 ta yoʻllanmaga sazovor boʻldi.

Milliy Paralimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, bugun boʻlib oʻtadigan ochilish marosimida para-yengil atletikachilarimiz Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova delegatsiyamiz bayroqdori boʻlishadi.

Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari 5-sentyabrga qadar davom etadi. Boʻlajak bahslarda hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться