O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyatida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalasi muhokama etildi
2021-09-14 | Sport
Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlarga muvofiq Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, shuningdek, hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport obyektlari va inshootlari holatini yaxshilash, tashrif buyuruvchilar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar hamda "to‘siqsiz muhit" yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi boshqarma boshliqlari M.Xayitova va Z.Abdullayevalar ishtirok etib, belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini o‘rganish maqsadida shakllantirilgan Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida joyiga chiqqan holda, shahar va tumanlar kesimida o‘rganish o‘tqazishga kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi