O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Seulda ”Navroʻz” nomli madaniyat bayrami oʻtkaziladi
2019-03-11 | Madaniyat
Madaniyat vaziri Koreya Respublikasida bir qator uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Yana bir hamkorlik uchrashuvlaridan biri bu ”Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi sekretariati direktori Lim Chyol Vi bilan uchrashdi. Ikki davlatning madaniyat vakillarining uchrashuvida joriy yilning mart-aprel oylarida Seulda ”Navroʻz” nomli madaniyat tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirildi.
Ushbu madaniyat bayramida oʻzbekistonlik sanʼatkor va ijodkorlar ishtirokida katta konsert uyushtiriladi. Shu yilning sentabr oyida esa, Oʻzbekistonda Koreya-koʻrgazmasini tashkil etish kelishildi hamda 2020-yilda Oʻzbekiston muzey xodimlarini Koreyada malakasini oshirish masalasida muzokaralar olib borildi.
Shuni taʼkidlash joizki, Hurmatli Yurtboshimizning mamlakat rivojlanishi yoʻlidagisayi-harakatlari tufayli, madaniyat va sanʼat sohasi ham oʻz yoʻnalishini tubdan isloh qilish maqsadida koʻp ishlar amalga oshirmoqda.