O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya fan va madaniyat Markazining gumanitar yordami
2019-02-27 | Madaniyat
25-fevral kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Rossiya fan va madaniyat Markazi (“Rossotrudnichestvo“) direktori V.N.Shulika vazirlik rahbariyatiga 130 dan ortiq kitoblarni sovgʻa sifatida topshirdi. “Rossotrudnichestvo“ning gumanitar yordami bolalar uchun badiiy adabiyot, rus tilini oʻrganish boʻyicha qoʻllanmalar, metodik adabiyot, rivojlantiruvchi bosma materiallar toʻplamini oʻz ichiga olgan.
Ushbu gumanitar yordam shu yil 18-fevraldagi vazirlik rahbariyatining RF elchixonasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvi chogʻida vazirlik tomonidan berilgan soʻrovga koʻra amalga oshirildi.
V.K.Shulika ushbu xayriya aksiyasi hamkorlikning dastlabki bosqichi boʻlib, “Rossotrudnichestvo“ uni boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettirishini bildirdi.
MTV va “Rossotrudnichestvo“ tez oradv hamkorlik shartnomasini imzolashni rejalashtirmoqda.