O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Malayziya davlatida
2019-03-13 | Madaniyat
Madaniyat vaziri Koreya Respublikasidagi tashrifidan soʻng, Malayziya davlatiga tashrif buyurdi. Bu davlat bilan 2005-yildan buyon koʻp yillik hamkorlik aloqalarimiz barchaga maʼlumdir. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Malayziya davlati turizm, sanʼat va madaniyat vaziri Muxammadin Kitabi bilan uchrashdi.
Tashrifning asosiy maqsadi bu madaniy turizmni rivojlantirish, xususan, Malayziyadan tashrif buyurgan sayyohlar uchun madaniy tadbirlarni tashkil etish, madaniy meros, shuningdek, Oʻzbekistondagi Islom tarixi bilan bogʻliq madaniy merosni saqlash va ularni oʻrganishda hamkorlik qilish, AYSЕSKO tashkiloti doirasida hamkorlikni kengaytirish, 2020-yil Buxoro shahri Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan, 2020-yilda oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi asosida Islom ulamolari hayoti va ijodiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy konferensiyasida Malayziya vakillarining faol ishtirokini taʼminlash, Malayziyada Islom tarixi va madaniyatiga bogʻliq Oʻzbekistonda saqlanayotgan eksponatlar koʻrgazmasini tashkil etish kabi masalalar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Shu bilan birga, vazir Malayziyadagi madaniyat va sanʼat sohasidagi maskanlar, xususan, Malayziyadagi sanʼatshunoslik instituti, muzeylar faoliyati bilan tanishdi.