O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy-gumanitar hamkorlik kengayadi

2019-03-05 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti nashriyoti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi A.Qurmanov, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari G.Umerova, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi K.Allan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar madaniy-gumanitar sohada ham izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi. Bu ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, madaniyat, ilm-fan sohalaridagi munosabatlar qamrovi kengayib borayotganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
 
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Kembrij universiteti nashriyotining hamkorligi ilmiy-taʼlim sohalar orqali aloqalarni kengaytirishni koʻzlaydi. Ushbu hamkorlik 2021 yilda Luvr muzeyida oʻtadigan “Buyuk ipak yoʻlidagi sivilizatsiya va madaniyatlar“ koʻrgazmasiga tayyorgarlik ishlari doirasida boshlanadi. Kembrij universiteti nashriyoti bilan birgalikda taniqli tarixchi olim va arxeolog Edvard Rtveladzening “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi, mamlakatlari va madaniyatlari“ nomli kitobi chop etiladi.
 
– Yurtingizga tashrifimiz davomida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida boʻldik, – deydi Kembrij universiteti nashriyotining noshirlik ishi va tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Lyuis Birchon. – Undagi eksponatlar gʻoyat qiziqarliligi bilan eʼtiborimizni tortdi. Muzeyda Buyuk ipak yoʻli tarixi, madaniyatlar muloqotini aks ettiruvchi eksponatlar ayniqsa ekan. Bu Oʻzbekistonning boy oʻtmishidan, madaniyati yuksakligidan dalolatdir.

 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться