O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Opera va balet sanʼatining dolzarb masalalari” I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi

2019-03-12 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 5 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 149-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Shu asosda, 2019 yilning 1-2 may kunlari “Opera va balet sanʼatining dolzarb masalalari”ga bagʻishlangan I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Konferensiyadan asosiy maqsad, Opera va balet sanʼatining mavjud muammolari va istiqboldagi rivojlanish yullarini chuqur oʻrganish, tahlil qilish asnosida opera va balet asarlarining umumjahon sanʼati va madaniyatining rivojidagi oʻrnini aniqlash. Mamlakatimiz va xorijda ushbu sanʼat turlarini oʻrganayotgan tadqiqotchilar tomonidan erishilgan natijalarni hamda boy ilmiy merosimizni tizimli oʻrganish orqali erishilgan natijalarni tahlil qilish. Opera va balet sanʼatining istiqbolli yunalishlari va jamiyat tomonidan ushbu sanʼat turlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilab olish.

Поделиться