O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi axboroti
2019-02-21 | Madaniyat
Oʻzbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi qator OAVning YUNESKO Umumjahon merosi markazi (UMM) tomonidan Oʻzbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida tarqatgan axborotini rad etadi.
Doimiy vakolatxona UMM rahbariyati bilan olib borilgan maslahatlashuvlardan keyin shuni taʼkidlaydiki, maqolalarda nomlari qayd etilgan mutaxassislarning Umumjahon merosi markaziga aloqadorligi yoʻq va uning nomidan biron bir bayonot berishga vakolatli emas.