O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Jahon adabiyoti durdonalari: oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar“ mavzusida Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

2019-02-28 | Fan

2019-yil 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Jahon adabiyoti durdonalari: oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar“ mavzusidagi Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi rahbar va masʼul xodimlari, hamda nashriyotlar bosh muharrirlari va tarjimonlar ishtirok etdilar.

Xabaringiz bor, oxirgi 3 oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mualliflik huquqi himoyasiga oid 3 ta Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida qonunlar qabul qilindi. Jumladan, 2018-yil 26-dekabrda “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyasi“ga qoʻshilish toʻgʻrisida (OʻRQ-511-sonli), 2019-yil 16-fevralda “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasi“ga (OʻRQ-519-sonli) va “Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasi“ga (OʻRQ-520-sonli) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonunlari qabul qilindi.

Matbuot anjumanining maqsadi aynan sanʼat, adabiy va badiiy asarlar mualliflari, ijrochilar va ularning fonogrammalarni takrorlash borasidagi huquqlarini muhofaza qilishda, shuningdek jahon adabiyoti namunalarini tarjima qilishda ushbu qonunlarning ahamiyati toʻgʻrisida kengroq maʼlumot berish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining yuqoridagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi munosabati bilan mamlakatimiz oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat boʻldi. 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan jahon adabiyoti namunalari, hamda oʻzbek adabiyoti asarlarini tarjima qilish, ularni tarqatish huquqlari toʻgʻrisida Xalqaro shartnomalar qoidalari, ularga rioya qilish tartiblari toʻgʻrisidagi masalalar qizgʻin muhokama etildi.

Поделиться