O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sohani rivojlantirish yoʻlida

2019-03-05 | Madaniyat

4-mart kuni Madaniyat vazirligida vazirlik xodimlari va tizim tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida majlis boʻlib oʻtdi. Yigʻilish Davlat rahbarining va Hukumat qaror va farmoyishlarining ijrosi yuzasidan tanqidiy muhokamasiga bagʻishlandi.

Yigʻilishda Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi Murod Majidov ham ishtirok etib, Madaniyat vaziri va uning oʻrinbosarlarini Huqumat rahbari hamda uning oʻrinbosari tomonidan berilgan “I Xalqaro maqom sanʼati anjumanini tashkil etish va oʻtkazishga qoʻshgan salmoqli hissasi va faol ishtiroki uchun” Tashakkurnomalari bilan taqdirladi.

Soʻng, Madaniyat vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qaroriga alohida urgʻu berib, bir qator bajarilgan va bajarilishi zarur boʻlgan masalalarga toʻxtaldi, yaʼni Madaniyat vazirligi huzurida ixtisoslashgan maxsus restavratsiya-tiklash ilmiy-tadqiqot tuzilmasini tashkil etish, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini munosib ish bilan taʼminlash maqsadida “Karyera kunlari”ni oʻtkazish; Chekka va olis togʻli hududlardagi aholiga madaniy xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan 2 ta mahalliy ixtisoslashtirilgan “Avtoklub” transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan xarid etish orqali Andijon va Navoiy viloyatlarida tajriba loyihasi sifatida amalga kiritish; madaniyat markazlarda Oʻzbekiston xalq artistlari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, estrada xonandalari hamda maqom ansambllarining konsert dasturlarini tashkil etish va oʻtkazish; Oʻzbekistonning koʻhna va boy madaniy merosini xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish maqsadida “Sahrodagi qasrlar” (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), “Xonbandi” (Jizzax viloyati), “Sarmishsoy qoyatosh rasmlari” (Navoiy viloyati), “Zarautsoy qoyatosh rasmlari”, “Qadimiy Termiz” (Surxondaryo viloyati) obyektlarini YUNЕSKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish; “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi tomonidan aholining sirk tomoshalariga boʻlgan qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda tomosha dasturlarini shakllantirish hamda Koraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyati tuman va shaharlariga koʻchma sirklarning gastrol safarlarini tashkil etish; isteʼdodli va istiqbolli yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasida keng qamrovli va yaxlit tizimni tashkil qiluvchi, uch bosqichdan iborat “Boychechak” bolalar, “Parvoz” oʻsmirlar, “Iftixor” yoshlar ijodiy jamoalarini tashkil etish hamda umumxalq bayramlari arafasida ularning hisobot konsertlarini oʻtkazish; 27 mart — Xalqaro teatr kunini keng jamoatchilik ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va teatrlashtirilgan badiiy kechalarni oʻtkazish kabi turli boshqa vazifa hamda topshiriqlar koʻrib chiqildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Madaniyat vazirining Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida 404ta madaniyat maskanlari koʻzdan kechirilib, faoliyati oʻrganildi. Ushbu hisobotida vazir har bir tizim tashkilotining yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini tanqidiy muhokama qildi. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha vazirlik boshqarma boshliqlariga reja-yoʻnalishni soʻzlab oʻtdi.

Soʻngi ikki yil davomida boshqa sohalar kabi Madaniyat vazirligida ishlash prinsiplari tubdan isloh qilinmoqda, bu albatta birinchi navbatda Hurmatli Yurtboshimizning madaniyat va sanʼat sohasiga berayotgan eʼtiborlari tufaylidir. Har qadamni yetti oʻlchab, bir kesishni oʻzi boʻlmaydi, chunki sohani takomillashtirish yoʻlida xatoliklar qilishga yoʻl qoʻyilmasligimiz lozim.

Поделиться