O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O.Nazarbekov Sirdaryo viloyatining yoshlari bilan uchrashuvi

2019-02-25 | Madaniyat

24-fevral kuni Madaniyat vaziring birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov Sirdaryo viloyatida boʻldi. Tashrifning asosiy maqsadi Hurmatli Yurtboshimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyatning yoshlariga, ayniqsa oʻquvchi yoshlarga alohida eʼtibor berish masalalari qoʻyilgan edi.

Shu sababli, vazirning birinchi oʻrinbosari Sirdaryo viloyatidagi 5-sonli musiqa va sanʼat maktabiga tashrif buyurdi. Yoshlarimiz bilan samimiy, doʻstona uchrashuv, ularga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Yoshlar bilan suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov hamda poytaxtimizda teatr aktyorlari bilan birgalikda, bugungi kunda taʼlim olish uchun yoshlarga yaratilgan barcha qulayliklar, Davlatimiz rahbari koʻmagida amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida suhbatlashishdi.

Bundan avvalom bor, imkoniyatni boy bermasdan foydalanish zarurligi haqida soʻz bordi. Taʼlim maskanidagi uchrashuvda nafaqat bolalar musiqa va sanʼat maktabining oʻquvchilari balkim, viloyatdagi uyushmagan yoshlar ham taklif etilgan edi.

O.Nazarbekov sozlarda ijro etgan musiqalari bilan oʻquvchilar quvshovida oʻrtoqlashishdi.

Hammamiz bilamiz, har bir bayram bolalar uchun sovgʻasiz boʻlmaydi. 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga bir qator musiqa sozlari sovgʻa tariqasida taqdim etildi. Shuningdek har bir iqtidorli oʻquvchiga, kitoblar toʻplami berildi.

Поделиться