O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Madaniyat vaziri Namangan viloyatiga tashrif buyurdi
2019-02-25 | Madaniyat
24-fevral kuni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Har bir madaniyat vazirining tashrifi tizim tashkilotlarining ishlash faoliyatini koʻrish maqsadida tashkil etilmoqda. Chunki shaxsan vazir oʻzi tizim tashkilotlarida ayniqsa, bolalar musiqa va sanʼat maktablari va madaniyat markazlarining faoliyatini tubdan oʻrganmoqda. Yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni sohaning birinchi rahbari shaxsan koʻzdan kechirib, ularni turli koʻmaklar asosida takomillashtirmoqda. Tizim tashkilotlarining rahbarlari hammasi ham vazirning oʻziga shaxsan murojaat etayotganda, muammo va kamchiliklari tezda hal boʻlishiga ishonadi.
Mana bu safar ham Baxtiyor Sayfullayev Namangan viloyatining 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Namangan tumanidagi madaniyat markaziga tashrif buyurdi. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquvchi yoshlarimizga bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanilayotganini oʻrgandi. Har bir sinf xonalarini koʻzdan kechirib, tegishli topshiriqlarni berdi.
Shuningdek, Namangan tumanidagi madaniyat markazida bahor faslining eng mazali taomlaridan biri sumalak pishirilayotgan dosh qozon atrofida soha rivojini niyat qilgan holda sumalakni aralashtirdi.