O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“VEON” O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishda ishtirokini faollashtiradi

2021-10-06 | Iqtisodiyot

“VEON” kompaniyalar guruhi delegatsiyasi O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashish uchun Toshkentga tashrif buyurdi. Muloqot markazida mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishda keyingi ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

“VEON” delegatsiyasi tarkibiga - xolding direktorlar kengashi raisi Gennadiy Gazin, bosh ijrochi direktor Kaan Terzioglu, xolding maslahatchisi Boris Tadich va “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Andjey Malinovski kirdi.

Delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov bilan uchrashuvi samarali va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Tomonlar “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, IT-tadbirkorlikni rivojlantirish, IT-parklar faoliyatini takomillashtirish, IT-mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish doirasida “VEON” kompaniyalari guruhining raqamli islohotlardagi ishtiroki masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik aloqalarini shakllantirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni safarbar qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

“VEON” delegatsiyasi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bilan uchrashuvda mamlakatdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida, xususan, bank va moliya tizimidagi islohotlar, shuningdek, investitsiya muhitni yanada yaxshilash borasidagi ishlar ijobiy natijalar berayotganini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda to‘lovlarni amalga oshiruvchi 30 dan ortiq tashkilot faoliyat yuritmoqda. Uchrashuv yakunida “VEON” kompaniyalar guruhi vakillari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va moliyani rivojlantirishda ishtirok etish istagini bildirishdi. 

Bundan tashqari, “VEON” delegatsiya a’zolari O‘zbekiston hukumati, xalqaro biznes ekspertlari, nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari” Toshkent forumining ishtirokchilari bo‘lishdi. O‘tgan yillardagi islohotlar natijalari va kelajak uchun istiqbolli g‘oyalar muhokama qilindi. Mintaqaviy hamkorlik mavzusida munozara, raqobatbardoshlikni ta’minlashda iqtisodiy ochiqlikning o‘rni haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.

“bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga egamiz. Buning uchun “VEON” kompaniyalar guruhi rahbariyati O‘zbekistonning ko‘plab vazirlik va idoralari rahbarlari bilan muntazam muloqot qilib kelmoqda. Bu mobil biznesni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, shuningdek, “VEON” xalqaro tajribasini o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishda ishtirokimizni faollashtirish uchun yaxshi imkoniyatdir”, - deydi “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Andjey Malinovski.

“Beeline Uzbekistan” xodimlari bilan uchrashuv - “VEON” kompaniyalari guruhi rahbariyatining O‘zbekistonga har bir tashrifining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Toshkentdagi “Beeline”-ning bosh ofisida kompaniya mutaxassislari bilan an’anaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar yig‘ilganlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi, Samarqandda ko‘rganlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, joriy tashrif doirasidagi tadbir va uchrashuvlar haqida so‘zlab berdilar.

Kompaniyaning strategiyasi alohida mavzu bo‘lib, bugungi kunda telekommunikatsiya kompaniyasidan raqamli operatorga aylanish borasida qanaqa ishlalar oborilishi to‘g‘risida gapirib berishdi. Uchrashuv yakunida “VEON” rahbariyati “Beeline Uzbekistan” xodimlari bilan har qanday biznesda muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishdi. Jonli muloqot nafaqat fikr almashish, balki kompaniyaning O‘zbekiston telekom-bozoridagi istiqbollari haqida ham ko‘plab yangiliklarni o‘rganish imkonini berdi. Ma’lumot uchun: «Unitel» MCHJ 2006-yil 12-sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan. Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006-yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt:beeline.uz  

Facebook: fb.com/beeline.uz  

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb  

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Manba: O'zA

Поделиться