O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan anglashuv memorandumi imzolandi
2021-10-11 | Iqtisodiyot
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘rtasida anglashuv memorandumi loyihasi imzolandi. Ushbu memorandum Tadbirkorlikni rivojlantirish agentli direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Axmedov hamda YTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitailar tomonidan imzolandi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish konsepsiyasi, strategiyasi va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik” loyihasi ishlab chiqilganligi va YTTB tomonidan loyiha doirasida quyidagi takliflar nazarda tutildi:
- respublikada kichik va o‘rta biznes rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
- tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy yo‘nalishlarini aniqlagan holda agentlikning aniq, o‘lchovli, erishish mumkin bo‘lgan, muhim va muddatli maqsadlarini shakllantirish;
- agentlikning kelgusidagi faoliyati bo‘yicha takliflar berish va uning bajarilishini qo‘llab-quvvatlash.
Tomonlar ushbu memorandum kelgusi hamkorlik aloqalarining kengayishida muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi