O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vatikan Elchisi bilan uchrashuv
2021-10-06 | Siyosat
2021-yil 6-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vatikanning O'zbekistondagi Apostol Nunsiyi (Elchisi) etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) arxiyepiskop Jovanni d'Anielloni qabul qildi.
Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Vazir uni mas'ul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. O'zbekiston va Vatikan o'rtasida turli millatlar va dinlar vakillari o'rtasidagi do'stlik hamda o'zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ijobiy hamkorlik tajribasi to'plangani qayd etildi.
Tomonlarning turli darajadagi konfessiyalararo muloqotni yanada mustahkamlash va faollashtirishga o'zaro tayyorligi bildirildi.
Vatikan Elchisiga O'zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni mustahkamlash, fuqarolarning diniy sohadagi huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi