O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya taraqqiyot banki (KfW) ishtirokida “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida qarz bitimi imzolandi

2021-09-30 | Iqtisodiyot

Kredit mablag‘lari iqtisodiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, qishloq tadbirkorligi va boshqa yo‘nalishlarda barcha tadbirkorlar uchun ajratiladi.

Kredit taqdim etish shartlari:

- Kredit hajmi: - 26,8 mln. yevro;

- Grant hajmi: - 3,0 mln. yevro;

- Stavkasi - 2%

- Muddati - 30 yil;

- Imtiyozli davri- 10 yil.

Loyihaning maqsadi:

 1. Dasturning maqsadli guruhlari, shu jumladan ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar va mikrokredit tashkilotlari uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning barqaror ta'minotini oshirish;

 2. Korxonalarning bozor integratsiyasini kuchaytirish va dasturning muhim tarmoqlarida (kichik va o‘rta biznes, ishlab chiqarish, qayta ishlash. Qishloq xo‘jaligi bilan chegaralanmagan) qiymat zanjirlarini mustahkamlash;

 3. Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar vakolatlarini shakllantirishda ko‘maklashish va Dasturning oxirgi benefisiarlarining moliyaviy savodxonligi va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish (grant mablag‘lari hisobidan).

UZAIFSA 3,0 mln. yevro grant mablag‘larini dastur doirasida Konsul'tant tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlarni moliyalashtirish uchun ajratadi («Qo‘shimcha chora-tadbirlar» komponenti).

«Qo‘shimcha chora-tadbirlar» komponentini amalga oshirish uchun KfW tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan dastlabki tanlov va xalqaro ochiq tender asosida mustaqil malakali Konsul'tant jalb qilingan.

Shuningdek, loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshirilishi (Germaniya taraqqiyot banki shartlariga asosan Toshkent shaxridan tashqari), hamda kredit mablag‘lari qishloq hududlarida joylashgan tashabbuskorlarning iqtisodiyotning barcha sohalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi subloyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etiladi.

 Tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga kredit mablag‘larni quyidagi shartlar asosida ajratilishi rejalashtirilgan: 

- Tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga kredit mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi valyutasida ajratiladi va kredit mablag‘larining foiz stavkalari tijorat banklarining ichki siyosatidan kelib chiqqan, hamda loyiha tashabbuskorlari bilan kelishilgan holda belgilanadi;

Kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga 400 ming Yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan miqdorgacha ajratiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться