O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tataristonlik hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

2022-01-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonda uch kunlik tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasining eng yirik hududlaridan biri bo‘lgan Tataristonning, uning vazirliklari va idoralari, tarmoq va ilmiy-ta'lim muassasalari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Mal'ginov ham ishtirok etdi. Uchrashuvda, shuningdek, tegishlilik bo‘yicha o‘zbekistonlik hamkorlar -vazirlik va idoralar rahbarlari qatnashdi.
 
 
Ta'kidlash joizki, tashrif davomida delegatsiya a'zolari bir qator vazirliklar, idoralar, ilmiy markazlar va yirik ishlab chiqarish korxonalari, jumladan, Toshkent viloyatidagi "Chirchiq-Ximgrad" sanoat parki, Toshkent shahridagi "IT-park" va boshqa obyektlarda bo‘ldi. Tashrif chog‘ida vazirliklar, sanoat majmualari rahbarlari va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar, qo‘llanilayotgan texnologiyalar haqida batafsil ma'lumot oldilar, ularga mahsulot namunalari namoyish etildi, istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashildi. Rossiya delegatsiyasi mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etishda klaster yondashuvi qo‘llanilayotganligiga katta qiziqish bildirdi va yuqori texnologiyali raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda ushbu yondashuvning afzalliklarini ta'kidlab o‘tdi.
 
Delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlarining ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun muhim imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston va Rossiya hududlarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini jalb etgan holda to‘liq qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish hisobiga ikki mamlakat o‘rtasida investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirishga salmoqli hissa qo‘shadi.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashrif yakunlari sarhisob qilindi, erishilgan kelishuvlar ko‘rib chiqildi va ishlab chiqilayotgan qo‘shma loyiha va dasturlarning joriy holati atroflicha o‘rganildi. Qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi, kimyo va avtomobilsozlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, energetika va uy-joy kommunal xizmati kabi sohalarni qamrab olgan loyihalar portfelini moliyalashtirish manbalari, muddatlari va ijrochilari ko‘rib chiqildi. Konstruktiv muloqot muhokama qilinayotgan loyihalarga oid masalalar yuzasidan kelishishni jadallashtirish uchun kelgusida birgalikda ish olib borish algoritmlarini ishlab chiqish imkonini berdi.
 
Uchrashuv yakunida loyihalarni ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar hamda qo‘yilgan vazifalarni bajarish muddatlari belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться