O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2022-01-27 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir O‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasi bosh direktori Ezel Ag‘aoglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qutbiyev, Moliya vaziri o‘rinbosarlari Odilbek Isakov va Dilshod Sultanov hamda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Jamoliddin Qudratov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar 2021-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Iqtisodiy Forumidagi kelishuvlar yuzasidan, xususan, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasining Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi investitsiya loyihalari, korxona tomonidan o‘z mahsulotlari uchun xom-ashyo masalasi hamda soliq sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha fikr almashdilar.
Shunindek, uchrashuvda tomonlar “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” kompaniyasini kengaytirish, uning Urganchdagi filiali modernizatsiyasi, shu bilan birgalikda, Namangandagi kompaniya zavodini kengaytirish va modernizatsiya qilish, kompaniyaning distributerlik faoliyati borasida so‘z yuritdilar.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana kengaytirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi