O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

300 nafar iqtidorli yoshlar uchun kiberxavfsizlik va kriptografiya bo'yicha kurslar tashkil etiladi

2022-01-27 | Yoshlar

Yoshlar akademiyasi vakillari joriy yilning 17-20 yanvar kunlari Istanbul shahridagi Turkiya kiberxavfsizlik Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida Turkiya kiberxavfsizlik federatsiyasi va Yoshlar akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko'ra Federatsiya tomonidan O'zbekistondagi 300 nafar iqtidorli yoshlar uchun kiberxavfsizlik va kriptografiya bo'yicha bepul kurslar tashkil etiladi va yil yakunida HackTashkent musobaqasi o'tkaziladi.

Mazkur kurslar axborot xavfsizligini ta'minlash, kibermaydonda milliy manfaatlarimizni himoya qilishga qaratiladi. Kiberxavfsizlik, kiberterrorizm, kiberjinoyat degan tushunchalarning kirib kelishi bilan axborot mustaqilligisiz davlat mustaqilligini tasavvur etib bo'lmay qoldi. Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun davlatimiz o'z internet infratuzilmasi, media va tashviqot tuzilmasi bilan bir qatorda kiberxavfsizlik tizimiga ega bo'lishi muhim. Bu tizimni takomillashtirish uchun iqtidorli kadrlarni tayyorlash muhim sanaladi.

Tashkil etiladigan kurslarda ishtirok etish talablari, muddatlari va dasturlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться