O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya bilan elektron hukumat va raqamlashtirish yo‘nalishida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2022-01-27 | Texnologiyalar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Raqamli transformasiya idorasi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Anglashuv Memorandum loyihasi ishlab chiqilgan edi.
26-yanvar kuni mazkur memorandum loyihasini imzolash jarayonini jadallashtirish maqsadida Turk tomoni bilan ushbu loyihaning onlayn muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash borasida muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar AKT sohasining sun’iy intellekt, elektron hukumat hamda elektron tijorat kabi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi masalalar bo‘yicha ham kelishib oldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi