O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kolumbiyada ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi
2022-01-27 | Sog‘liqni saqlash
Kolumbiya COVID-19 virusiga qarshi O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Mazkur qaror Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co Ltd tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Janubiy Amerikada qo‘llanilishi COVID-19 pandemiyasiga qarshi global hamkorhorlik imkoniyatini kengaytiradi.
Hozirgacha mazkur vaksina O‘zbekiston, Xitoy va Indoneziyada ommaviy emlash jarayonida qo‘llanilmoqda, shuningdek buster vaksina sifatida foydalanilmoqda. Hozirda ZF-UZ-VAC2001 Xitoy va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Indoneziyada ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, vaksinani mahalliylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Genotiplash tahlili ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi koronavirusning Alpha variantiga qarshi 92,68 foiz va Delta variantiga qarshi 81,38 foiz samaraga egaligini namoyish etgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi