O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Pokiston: O‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilga nisbatan 46 foizga oshdi

2022-01-26 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar kun tartibiga investitsiyalar, o‘zaro savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport-logistika kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar kiritildi.

Pokiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil iyuldagi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish borasida erishilgan yutuqlar muhokama etildi, har bir yo‘nalishda mavjud bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi va hal qilindi. Kelishilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga sodiqlik bildirildi.

Manba: O'zA

Поделиться