O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Transport

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish uchun mobil ilova orqali ruxsatnoma olish mumkin

06.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Transport vazirligi va “Toshkent metropoliteni” mas’ullari ishtirokida axborot xafsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

28.09.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

2021-yil 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i rahbarligida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

I MDH o‘yinlarini 2-o‘rinda yakunladik, sportchilarimizdan kimlar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi?

12.09.2021MDHManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Kecha Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Prezident tomonidan “Transport toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi

11.08.2021Hujjatlar

“Transport toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–706-son, 09.08.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, avtomobil, havo, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi obyektlari Oʻzbekistonning yagona transport tizimini tashkil etadi.

“TOSHKENT TRANSPORTI" mobil ilovasi ishga tushirildi

05.08.2021JamiyatManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi. Yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin. Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish, shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lishlari mumkin.

Ichki turizm rivojiga xizmat qiluvchi yangi vertolyotlarning taqdimoti o‘tkazildi

02.08.2021TurizmManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

“Uzbekistan Helicopters” MChJ "Uzbekistan Airways Technics" samolyot-ta’mirlash majmuasida AIRBUS H-125 va MI-8MTV vertolyotlari taqdimotini o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev: Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz

25.06.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.

Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

05.06.2021HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Vazir o‘rinbosari Buxorodagi transport tizimi muammolarini o‘rgandi

04.06.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov Buxoro viloyatida bo‘lib, Vobkent tumanida qurilayotgan avtostansiya bilan tanishdi.

Aviatsiya korxonalarida transformatsiya jarayonlari muhokama qilindi

20.04.2021SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekiston Prezidenti BAA delegasiyasini qabul qildi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan konferentsiya bo'lib o'tdi

03.03.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Joriy yilning 3-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari va bu sohada huquqbuzarliklarning profilaktikasi mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi.

Yo‘l-transport tizimiga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

24.02.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yo‘l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo‘llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

“Yallama” chegara bojxona postida “Port nazorat guruhi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

20.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Joriy yilning 19-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik vositalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (BMT boshqarmasi) hamda Jahon bojxona tashkilotining “Konteynerlar tashuvini nazorat qilish” global dasturi doirasida “Yallama” chegara bojxona postida “Port nazorat guruhi”ning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston BMTning bojxona va transport boshqaruvi sohasidagi nufuzli organiga birinchi marta saylandi

19.02.2021Iqtisodiyot

Jenevada Xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi (1975y.) Ijroiya kengashiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor BMTning bojxona va transport boshqaruvi sohasidagi ushbu nufuzli organi tarkibiga saylandi.

Transport sohasi raqamli texnologiyalar yana-da rivojlanadi

18.02.2021TexnologiyalarManba: «Yangi O"zbekiston»

Transport vazirligida Tojikiston Respublikasi transport vazirligi delegatsiyasi hamda Qirgʻiz Respublikasi transport va yoʻl vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruhi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Savdoni soddalashtirish global Dasturida ishtirok etadi

16.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Davlat bojxona qo‘mitasida Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Olivye Shav bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2020-yilda yo‘l-transport infratuzilmasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot

09.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2020-yilda transport xizmatlari xajmi 53 772,5 mlrd.so‘mga bajarilib, umumiy xizmatlarni 24,5% tashkil etgan.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash Bosh boshqarmasi boshlig'i Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 2020 yil yakunlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi

19.01.2021JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati va Samarqand viloyatlari IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmalarida  O'zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash Bosh Boshqarmasi boshlig'i polkovnik R.A.Tashpulatov ishtirokida 2020-yil yakunlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.