O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
I MDH o‘yinlarini 2-o‘rinda yakunladik, sportchilarimizdan kimlar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi?
2021-09-12 | MDH
Kecha Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
MDHga a’zo 9ta respublikadan vakillar ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi 23ta oltin, 32ta kumush, 36ta bronza, jami 91ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Bizdan yaxshiroq natijani faqat musobaqa mezboni va dunyo sportining qudratli davlatlaridan biri Rossiya qayd eta oldi xolos. Ruslar musobaqa davomida jami 215ta (114ta oltin, 42ta kumush, 59ta bronza) medalga egalik qilishdi.
Yon qo‘shnimiz Qozog‘iston I MDH o‘yinlarida jamg‘arilgan jami medallar soni bo‘yicha bizni ortda qoldirdi, umumiy hisobda 106ta medal. Biroq, bu kabi nufuzli musobaqalarda o‘rinlar taqsimoti medallarning soni emas, sifatiga qarab belgilanadi. Bu borada esa biz yaxshiroq natija qayd eta oldik, ya’ni vakillarimizning 23ta oltin medaliga Qozog‘iston terma jamoasi 18ta oltin bilan javob qaytara oldi. Shuningdek, ular 35 ta kumush va 53 ta bronza medaliga ham ega chiqishdi.
Quyida I MDH o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar safidan joy olgan barcha sportchilarimiz bilan tanishtirib o‘tamiz.
Oltin medal sohiblari:
Gulsevar G‘anieva – boks, ayollar o‘rtasida -44 kg vazn toifasida,
Sitora Bahodirova – boks, ayollar o‘rtasida -63 kg,
Oysha Toirova – boks, ayollar o‘rtasida -70 kg,
Javohir Quysinov – boks, erkaklar o‘rtasida -48 kg,
Sayot Ilyasov – boks, erkaklar o‘rtasida -50 kg,
Farrux To‘laganov – boks, erkaklar o‘rtasida -54 kg,
Bunyodjon Amirov – boks, erkaklar o‘rtasida -63 kg,
Muhammad Kamolov – o‘q otish, erkaklar o‘rtasida 10 metr pnevmatik quroldan o‘q otish,
Farangiz Abdunabieva – belbog‘li kurash, ayollar o‘rtasida -52 kg,
Maftunabonu Mahmudova – belbog‘li kurash, ayollar o‘rtasida -66 kg,
Nusratbek Sultonboev – belbog‘li kurash, erkaklar o‘rtasida -75 kg,
Oybekjon Muhammadov – belbog‘li kurash, erkaklar o‘rtasida -90 kg,
Komronbek Ortiqov – belbog‘li kurash, erkaklar o‘rtasida -57 kg,
Oybek Sultonov – belbog‘li kurash, erkaklar o‘rtasida -68 kg,
Muhammadjon Rasulov – belbog‘li kurash, erkaklar o‘rtasida -82 kg,
Sabina Davlatova – sambo, ayollar o‘rtasida -50 kg,
Faxriddin Hasanov – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -57 kg,
Muzaffar To‘raboev – dzyudo, erkaklar o‘rtasida -100 kg,
Shoxruxjon Baxtiyorov – dzyudo, erkaklar o‘rtasida +100 kg,
Shukurjon Aminova – dzyudo, ayollar o‘rtasida -57 kg,
Halimajon Qurbonova – dzyudo, ayollar o‘rtasida -48 kg,
Muzaffar To‘raboev, Farangiz Xojieva, Ozodbek Murotov, Jaloliddin Boynazarov, Fotima Quramboeva, Suhrob Radjabov, Shukurjon Aminova, Farangiz Redjepova, Azizbek Ortiqov, Farangiz Xolmurodova, Shoxruxjon Baxtiyorov, Dilshodbek Yo‘ldoshev – dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslar,
Dildora Aliqulova – karate, ayollar o‘rtasida -68 kg,
Kumush medal sohiblari:
Murodjon Alimjonov – yunon-rum kurashi, erkaklar o‘rtasida -77 kg,
Muhammadqodir Rasulov – yunon-rum kurashi, erkaklar o‘rtasida -82 kg,
Robiya Baxtiyorova – boks, ayollar o‘rtasida -48 kg,
Shaxina Ne’matova – boks, ayollar o‘rtasida -50 kg,
Ra’no Murotboeva – boks, ayollar o‘rtasida -57 kg,
Muxlisa Toxirova – boks, ayollar o‘rtasida -60 kg,
Sitora Bozorboeva – boks, ayollar o‘rtasida -66 kg,
Oltinoy Sotinbaeva – boks, ayollar o‘rtasida -80 kg,
Ilhomjon Ergashev – boks, erkaklar o‘rtasida -46 kg,
Qahramon Fozilov – boks, erkaklar o‘rtasida -57 kg,
Ravshanjon Soliev – boks, erkaklar o‘rtasida +80 kg,
Mohigul Ibragimova – belbog‘li kurash, ayollar o‘rtasida -48 kg,
Biybigauxar Polatbaeva – belbog‘li kurash, ayollar o‘rtasida -58 kg,
Zemfira Azatova – belbog‘li kurash, ayollar o‘rtasida -76 kg,
Uchqunjon Xursandov – koresh, erkaklar o‘rtasida -100 kg,
Manguberdi Imyanov – koresh, erkaklar o‘rtasida -70 kg,
Husan Abduhakimov – koresh, erkaklar o‘rtasida -75 kg,
Ilyosbek Obidjonov – koresh, erkaklar o‘rtasida mutlaq vazn,
Shaxriyorbek Mamatkulov – sambo, erkaklar o‘rtasida -64 kg,
Musoxon Ziyadinov – sambo, erkaklar o‘rtasida -71 kg,
Xudoyor Ibroyimov – sambo, erkaklar o‘rtasida -79 kg,
Ruslan Rustamov – sambo, erkaklar o‘rtasida +98 kg,
Shohida Xonto‘raeva – sambo, ayollar o‘rtasida -54 kg,
Azada Aymuratova – sambo, ayollar o‘rtasida -59 kg,
Sevara Shamsiddinova – sambo, ayollar o‘rtasida +80 kg,
Parviz Abdullaev – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -63,5 kg,
Dilafro‘z Qobiljonova – o‘q otish, ayollar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish,
Nurbek Murtazoev – dzyudo, erkaklar o‘rtasida -81 kg,
Farangiz Xojieva – dzyudo, ayollar o‘rtasida -63 kg,
Mohlaroyim Hakimjonova – karate, ayollar o‘rtasida +68 kg,
Nasibabonu Narbaeva – karate, ayollar o‘rtasida -50 kg,
Iroda Sodiqova, Domenika Damirova, Aida Haydarova, Mubina Kamolova, Viktoriya Neskubo – badiiy gimnastika, jamoaviy bahs
Bronza medali sohiblari:
Abror Atabaev – yunon-rum kurashi, erkaklar o‘rtasida -63 kg,
Jamol Jumabaev – yunon-rum kurashi, erkaklar o‘rtasida -72 kg,
Umidillo Abdurasulov – boks, erkaklar o‘rtasida -60 kg,
Jafarbek Shaxbozov – boks, erkaklar o‘rtasida -66 kg,
Uzukjamol Yunusova – boks, ayollar o‘rtasida -52 kg,
Guldana Tileubergenova – boks, ayollar o‘rtasida -54 kg,
Namoz Abdurashidov – erkin kurash, erkaklar o‘rtasida -125 kg,
Munisaxon Nosirova – belbog‘li kurash, ayollar o‘rtasida +76 kg,
Asadbek Zokirov – koresh, erkaklar o‘rtasida -120 kg,
Umidjon Jalilov – koresh, erkaklar o‘rtasida -90 kg,
Akmaljon Hakimov – koresh, erkaklar o‘rtasida -85 kg,
Muhammadkarim Karimov – koresh, erkaklar o‘rtasida -80 kg,
Abdurahmon Egamov – koresh, erkaklar o‘rtasida -65 kg,
Farangiz Jalilova, Anastasiya Soy, Ramilya Zamaletdinova, Inna Shek – basketbol, qizlar 3x3,
Charosxon Ozodova – sambo, ayollar o‘rtasida -80 kg,
Begoyim Hayitova – sambo, ayollar o‘rtasida -72 kg,
Shohista Amirova – sambo, ayollar o‘rtasida -65 kg,
Murod Erkinov – sambo, erkaklar o‘rtasida -98 kg,
Davlatshoh Shamsiev – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -60 kg,
Rahimjon Boltaboev – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -67 kg,
Karimjon Karimov – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -71 kg,
Azizbek Madaminov – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -75 kg,
Shaxramxon Hasanxonov – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -81 kg,
Ismatilla Ismatillaev – muay-tay, erkaklar o‘rtasida -91 kg,
Suhrob Radjabov – dzyudo, erkaklar o‘rtasida -100 kg,
Dilshodbek Yo‘ldoshev – dzyudo, erkaklar o‘rtasida -66 kg,
Irisxon Qurbonboeva – dzyudo, ayollar o‘rtasida -78 kg,
Fotima Quramboeva – dzyudo, ayollar o‘rtasida +78 kg,
Farangiz Xolmurodova – dzyudo, ayollar o‘rtasida -70 kg,
Farangiz Redjepova – dzyudo, ayollar o‘rtasida -63 kg,
Anastasiya Saranseva – badiiy gimnastika,
Islomjon Sattorov – karate, erkaklar o‘rtasida -84 kg,
Bonu Egamberdieva – karate, erkaklar o‘rtasida -61 kg,
Kamol Nazarov, Damir Mamadoliev, Muhammadyusuf Muhammadjonov, Timur Salimov, Daler Eshonqulov, Qosimjon Safarov, Abdusattor Abdurahmonov, Shaxram Faxriddinov, Nurillo Toshtemirov, Samandar Murodqulov, Artur Umurov, Umidjon Mahramov – futzal bo‘yicha erkaklar terma jamoasi,
Diana Garamova, Sevinch Sodiqova – badminton, juftlik.
Ma’lumot uchun: I MDH o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari ertaga, 13-sentyabrь kuni soat 21:00da yurtimizga qaytib kelishadi. Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarni ushbu tadbirni keng yoritishda faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi