O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir o‘rinbosari Buxorodagi transport tizimi muammolarini o‘rgandi

2021-06-04 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov Buxoro viloyatida bo‘lib, Vobkent tumanida qurilayotgan avtostansiya bilan tanishdi.

"Quruvchi Qo‘ng‘irot" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan ushbu loyihaning qiymati 11 milliard so‘m bo‘lib, avtostansiyada qurilish-montaj ishlari quruvchi tashkilotning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirilmoqda.

Avtostansiya ishga tushirilishi tuman aholisiga namunali xizmat ko‘rsatilishi bilan birga viloyat markazi va shaharlararo qatnovlarni shu yerning o‘zidan amalga oshirish imkoni yaratiladi.

Bu yerda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi, avtostansiya hududida yo‘lovchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar o‘rganildi. Avtostansiya ishini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Rahmonbek Usmonov "Mahallabay" olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Shofirkon tumani Mingchinor mahalla fuqarolar yig‘ini Yangibog‘ qishlog‘ida bo‘ldi.

Yangibog‘ qishlog‘i tuman markazidan 12 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqda “Obod qishloq” Davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Mahalla mas’ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qishloq aholisiga namunali va sifatli transport xizmati ko‘rsatish asosiy vazifa etib belgilanganligi ta’kidlandi. Transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha boshqarma mas’ul xodimlariga aniq topshiriqlar berildi. 

Navbatdagi manzil Shofirkon tumani aholi va mehmonlariga uzoq yillardan buyon sifatli transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan "60-son avtokorxona" mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi.

Korxona hisobida 20 dan ortiq o‘rta va katta hajmli avtobuslar mavjud. Ular "Shofirkon-Buxoro" va "Shofirkon-Toshkent" yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

Vazir o‘rinbosari jamiyat mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida korxona faoliyatga oid ma’lumotlarni tinglab, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Korxona faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi.

Tashrif asnosida tumandagi Xo‘ja Orif Revgariy ziyoratgohi ziyorat qilinib, Qur’on tilovat qilindi.

Shundan so‘ng G‘ijduvon tumanidagi "Usmon Sher Shamshod" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan logistika markazi faoliyati o‘rganildi.

Ushbu jamiyat negizida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga chiqarish tizimini samarali tashkil etish maqsadida agrologistika va meva-sabzavot klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi ishlab chiqilgan. Qiymati 12 million AQSH dollariga teng mazkur loyiha asosida mahalliy aholi, ishsiz yoshlarning 200 nafardan ortig‘ining bandligi ta’minlanadi.

Bundan tashqari jamiyat balansida 33 ta katta hajmli yuk tashuvchi refrejeratorlar ham mavjud. Jamiyat avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlarda tashish faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

Vazir o‘rinbosari mazkur korxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Korxona oldida turgan muammolar bilan qiziqdi. Korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va mavjud muammolarning yechimi to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirdi.

Manba: O'zA

Поделиться