O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan konferentsiya bo'lib o'tdi
2021-03-03 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 3-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari va bu sohada huquqbuzarliklarning profilaktikasi mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi.
Konferentsiyadan ko'zlangan asosiy maqsad - yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda Yaponiya tajribasi bilan yaqindan tanishish, bu sohada O'zbekistondagi mavjud muammolarning echimi bo'yicha takliflar ishlab chiqish hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ko'magida ushbu faoliyatni yaxshilashga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirishga oid istiqbolli masalalarni muhokama qilish hisoblanadi.
Konferentsiya davomida tomonlar yo'l harakati xavfsizligiga oid umumiy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Umid qilamizki, mazkur konferentsiya Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan kelgusidagi keng ko'lamli o'zaro hamkorlik uchun samarali poydevor bo'lib xizmat qiladi.
IIV Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi