O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Transport

17- avgustdan 30- avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxati

17.08.2020JamiyatManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlandi.

Transport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

16.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida transport sohasini islohot qilishga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish tartibi belgilandi

14.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Hukumat qarori bilan “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Gruziya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

13.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining AXBOROTI

12.08.2020JamiyatManba: O'zA

Mamlakatimizda bugungi pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqarorligini saqlab turish, ayniqsa aholining munosib turmush tarzi hamda tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlash muhim ahamiyatga ega.

Davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish borasidagi ishlar keskin tanqid qilindi

05.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Eron transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

24.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Joriy yilning 22-iyul kuni videokonferens aloqa shaklida O‘zbekiston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Eron Islom Respublikasi vakillari ishtirokida transport sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, uchla tomon uchun birdek manfaatli bo‘lgan istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoniga Transport vaziri Elyor G‘aniyev, Afg‘oniston tomoniga mamlakat transport vaziri Yamo Shams, Eron tomoniga esa mamlkatning yo‘l va shaharsozlikni rivojlantirish vaziri Muhammad Islomi rahbarlik qildi.

O‘zbekiston va Rossiya transport vazirliklari vakillari kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

21.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Joriy yilning 20-iyul kuni videokonferens aloqa shaklida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning transport sohasidagi hamkorlik komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilishi masalasi yuzasidan navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi

16.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

15-iyul kuni O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘anyiev, Qirg‘iziston transport va yo‘l vaziri Janat Beyshenov, Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chipin boshchiligida videokonferentsiya aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Transport sohasiga axborot texnologiyalarini joriy qilish — davr talabi

08.07.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturida bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashuvlarini amalga oshirishda faollik ko‘rsatmoqda

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jo‘natuvchilarga, eksportyor, dehqon hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Kompaniya tarkibidagi "Yo‘lRefTrans" aksiyadorlik jamiyatiga tegishli sovutgichli refrijerator vagonlarda yuk tashish xajmi o‘tgan 2019 yilning mos davriga nisbatan 2020 yilning olti oyi davomida 2,5 barobarga oshdi.

O‘zbekiston yuk tashishning elektron kitobchasini joriy etadi

06.07.2020TexnologiyalarManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tranzitga ko‘maklashishda, mintaqada va uning tashqarisida savdo-sotiqni rag‘batlantirishda eng muhim harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Bu haqida Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (XATI) Bosh kotibi Umberto de Pretto O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiya chog‘ida aytib o‘tdi.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi

02.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Joriy yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Elyor G‘anyiev va Qirg‘iziston Respublikasi Transport vaziri Janat Beyshenovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat transport universiteti Frantsiya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda

02.07.2020Ta’limManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ko‘magida Yevropada aviatsiya sohasidagi eng katta o‘quv yurti hisoblangan Frantsiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de lʼaviation civile) hamda Tuluza biznes maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelajakda yurtimizda aviatsiya sohasi uchun malakali uchuvchilar, yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida videomuloqot tashkil etildi.

Prezident Namangan temir yoʻl vokzali bilan tanishdi

27.06.2020SiyosatManba: O'zA

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan temir yoʻl vokzalida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini koʻzdan kechirdi.

Mahalliy yoʻnalishlarda avtobuslar harakati tiklanmoqda

15.06.2020Jamiyat
Bugundan “sariq” va “yashil” toifaga kiruvchi hududlararo mahalliy yoʻnalishlarda avtobuslar harakati tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
 

Toshkentda 8-iyundan boshlab avtobuslar harakati tiklanadi

07.06.2020Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 8-iyun kunidan boshlab “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlarda, shu jumladan, Toshkent shahrida avtobus yoʻnalishlari faoliyatini qayta tiklash belgilandi.