O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2020-yilda yo‘l-transport infratuzilmasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot

2021-02-09 | Iqtisodiyot

2020-yilda transport xizmatlari xajmi 53 772,5 mlrd.so‘mga bajarilib, umumiy xizmatlarni 24,5% tashkil etgan.

Pandemiya sababli 2020-yil davomida umumiy foydalanishdagi transportning barcha turlarida tashilgan yo‘lovchilar sonining kamayishi kuzatilmoqda.
 
2020-yil respublikada transportning barcha turlarida yo‘lovchi aylanmasi 116,7 mlrd.yo‘lovchi-km ni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 6,7% ga kamaydi. Yuk aylanmasi 69,1 mlrd.tn-km ni tashkil etib, o‘tgan davrga nisbatan 4,6% kamaygan.
 
Shu bilan birga, xalqaro yo‘nalishdagi tashilgan yuklar xajmi 46,9 mln.tnni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 8,5% ko‘paygan.
 
2020-yil davomida zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini shakllantirish, mavjud avtovokzallarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, transportga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi.
 
94 ta yangi mahalliy (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6 ta, Andijon viloyatida – 9 ta, Buxoro viloyatida – 7 ta, Jizzax viloyatida – 7 ta, Qashqadaryo viloyatida – 9 ta, Navoiy viloyatida – 8 ta, Namangan viloyatida – 9 ta, Samarqand viloyatida – 11 ta, Sirdaryo viloyatida –4 ta, Surxondaryo viloyatida – 6 ta, Toshkent viloyatida – 3 ta, Toshkent shahrida – 2 ta, Farg‘ona viloyatida – 7 ta, Xorazm viloyatida – 6 ta) va 6 ta xalqaro (Toshkent – Moskva, Toshkent – Omsk, Samarqand – Toshkent – Peterburg, Toshkent – Yekaterinburg, Toshkent – Perm', Toshkent – Ufa) yo‘lovchi tashish avtobus yo‘nalishlari ochildi.
 
7 ta avtostansiyada (Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari) qurilish hamda 2 ta avtostansiyada (Andijon va Buxoro viloyatlari) rekonstruksiya ishlari yakunlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться