O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash Bosh boshqarmasi boshlig'i Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 2020 yil yakunlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
2021-01-19 | Jamiyat
Joriy yilning 17-yanvar kuni Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati va Samarqand viloyatlari IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmalarida O'zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash Bosh Boshqarmasi boshlig'i polkovnik R.A.Tashpulatov ishtirokida 2020-yil yakunlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda 2020-yil davomida barcha sohalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar keng muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shuningdek o'ziga berkitilgan hududda baxtsiz hodisalar sodir etilishiga, yoki vagon oynalariga tosh otilishiga yo'l qo'ygan profilaktika inspektorlari bilan tanqidiy suhbatlashib 1-chorak yakunlari bo'yicha ijobiy tomonga o'zgarmagan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantirildi.
Shu bilan birga, xar bir xodimning yashash sharoiti, xizmatga bo'lgan ishtiyoqi nazorat tartibida o'rganib chiqilib, xodimlarning yaqinlari bilan uyma-uy suhbatlar o'tkazib borish kabi chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, 18-yanvar kuni IIV Transportda XTBB boshlig'i polkovnik R.A.Tashpulatov raisligida Samarqand viloyati Narpay tumani XTBga qarashli 43-maktab o'qituvchi va o'quvchilari, Narpay tumanidagi “Do'stlik” mahallasi faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu maktabda yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda temir yo'l izlariga tosh bo'laklarini qo'yish, vagon oynalariga tosh otish, temir yo'l atrofida chorva mollarini boqish, temir yo'lni belgilanmagan joylaridan kesib o'tish, temir yo'l atrofiga maishiy chiqindilar tashlash, temir yo'l jihozlariga shikast etkazish, baxtsiz hodisalarga uchrash kabi huquqbuzarliklar oshib ketayotganligi va eng achinarlisi, bunday ishlarni voyaga etmagan shaxslar tomonidan sodir etilayotganligi oilaning mahalla, maktab va jamoatchilik bilan uzviy aloqador emasligi oqibatida yuz berayotganligini tanqidiy muhokama qilindi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi