O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

2018-07-09 | Jamiyat

Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev chiqish qilib, hududlarda aholi bandligi masalasida yo‘l qo‘yilayotgan rasmiyatchiliklarni bartaraf etish, aholini ish bilan ta’minlash hamda mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtaldi.

Qayd etilganidek, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rag‘batlantirish natijasida 2018 yilning yanvar-may oylarida 213 mingtaga yaqin ish o‘rinlari tashkil qilingan. Hududlarda joriy yilning 5 oyida o‘tkazilgan 584 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkalarida 28,5 mingta ish beruvchi va 183,4 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar ishtirok etdi. Ularning natijasiga ko‘ra 32,6 ming nafar shaxs, shu jumladan, 21,1 mingga yaqin yoshlar – o‘quv muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar, qamoq jazosidan ozod etilganlar va boshqalar ishga yo‘llanma oldi.

Vazir o‘z axborotida, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha 2018 yilning 4 oyi davomida fuqarolarning tashqi mehnat migratsiyasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan muayyan ishlarni alohida e’tirof etdi.

Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga asosan 2017 yilda 2613 nafar, 2018 yilning 5 oyida 1023 nafar – jami 3636 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga Davlat tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida “O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatlarini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan tartibda tanlab olish va ishga joylashtirish bo‘yicha Hukumatlararo Bitim” imzolandi va har ikki davlat tomonidan ratifikatsiya qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi orqali 2017 yilda 922 nafar fuqaro Rossiyada ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 2018 yilning 5 oyi davomida 380 nafar fuqaro ishga joylashtirildi va 12,5 mingga yaqin nafar fuqaroga Agentlik, uning hududiy filiallari hamda mehnat organlari tomonidan maslahat berish, ro‘yxatga olish hamda imtiyozli chiptalar berilishi orqali Rossiyada mehnat faoliyatini olib borishiga ko‘maklashildi.

Fuqarolarimizning tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 2018 yil 30 aprelida O‘zbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati o‘rtasida Hukumatlararo Bitim imzolandi va bugungi kunda uni kuchga kiritish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish geografiyasini kengaytirish maqsadida BAA, Qozog‘iston, Polsha, Yaponiya, Chexiya va Ummonning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan faol hamkorlik qilmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi, shundan 8 tasi fundamental bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurashish konvensiyalari hisoblanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash va uning barqaror real daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, bu borada qator muammoli masalalar aniqlangani, ularni hal etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi:

- mehnat bozorining yagona informatsion-tahliliy tizimini yaratish;

- ishsizlarni kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirish, kasbiy kompetensiya tizimini yaratish;

- tashqi migratsiya faoliyatini takomillashtirish;

- iqtisodiyotda yuqori darajada saqlanib qolayotgan norasmiy bandlik ulushini qisqartirish;

- mehnat organlari salohiyatini oshirish;

- fuqarolar, xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish sohasini takomillashtirish.

Mazkur keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, ishsiz aholini kasbiy o‘qitish va ijtimoiy muhofaza qilish, fuqaro va xodimlarning mehnat huquqlari va mehnat muxofazasini kuchaytirish, tashkillashtirilgan migratsiyani rivojlantirish borasida tizimli va samarali ishlar olib borishni asosiy maqsad qilib belgilagan.

Поделиться